“Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan yangi GESlarni qurilishini moliyalashtirish maqsadida Rossiya Federatsiyasining “Roseksimbank” AJ (Rossiya eksport-import sohasida ixtisoslashtirilgan banki) hamkorligida kelishuv imzolandi.

Gidroenergetika sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida, Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida Pskem daryosida 140 MVt quvvatga ega “Mullalak” GESini, Namangan viloyatidagi katta Andijon kanalida quvvati 51 MVt boʻlgan kichik GESlar kaskadi, yaʼni Kugay-1, Kugay-2, Beshqoʻrgʻon-1 va Beshqoʻrgʻon-2 kichik GESlarni moliyalashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ hamda “Roseksimbank” AJ tomonidan umumiy qiymati 340 mln. dollar boʻlgan yangi loyihalarni toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlar orqali moliyalashtirilishi koʻzda tutilgan.