“Oʻzbekgidroenergo” AJ tender eʼlon qildi

    “Oʻzbekgidroenergo” AJ umumiy quvvati 46,6 mvt boʻlgan 5 ta yangi GES qurish boʻyicha malaka soʻrovi (request for qualification) tenderni eʼlon qiladi.

    Oʻzbekiston Respublikasida elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qondirish uchun tejamkor va ekologik toza ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha keng koʻlamli strategiyani amalga oshirmoqda.

    Shu maqsadda “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati davlat-xususiy sheriklik asosida “Dukentsoy GES”, “Qamchiq GESlar kaskadi (Qamchiq 2-3)”, “Qizildaryo va Suvlisoy GES”, “Quyi Koʻksuv GES” gidroelektrstansiyalarini 4 ta alohida lot shaklida amalga oshirish boʻyicha malaka soʻrovi tenderini eʻlon qildi. Quyida har bir loyiha boʻyicha toʻliq maʻlumot havola etiladi:

    1. “Toshkent viloyatida Dukentsoy GES qurilishi” loyihasi
    2. “Namangan viloyatida Qamchiq 2-3 GES qurilishi” loyihasi
    3. “Qashqadaryo viloyatida Qizildaryo-Suvlisoy GES qurilishi” loyihasi
    4. “Toshkent viloyatida Quyi Koʻksuv GES qurilishi” loyihasi

    Maʻlumot uchun: ariza beruvchi(lar) ushbu RFQ tenderi boʻyicha savollar berishlari va tushuntirishlar talab qilishlari mumkin. Tender ishtirokchilari RFQ hujjatiga va tenderga oid qoʻshimcha maʼlumotlar yoki tushuntirishlarni yozma ravishda quyida koʻrsatilgan barcha elektron pochta manzillariga yuborilishi kerak:

    SOQ (Submission of Qualification)da ishtirok etish uchun ariza quyidagi manzilga yuborilishi kerak:

    Email: devonxona@uzgidro.uz

    eXat : uzgidro@exat.uz

    Telefon: +99878 150-50-15

    Manzil : 100011, Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 22-uy