Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi yuqori malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi

    Fan 15 Aprel 2025 1006

    Markazdagi boʻsh lavozimlarga talab etiladigan malaka va tajriba yuzasidan batafsil sayt havolasi orqali bilib olishingiz mumkin.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan bunyod etilayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida qator boʻsh (vakant) ish oʻrinlari uchun tanlov eʼlon qiladi.

    Bunda qadimiy yozma manbalar, ziyorat turizmi, muzeyshunoslik, kutubxona va axborot multimedia sohalari boʻyicha yuqori malakaga ega mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.

    Markazdagi boʻsh lavozimlarga talab etiladigan malaka va tajriba yuzasidan batafsil sayt havolasi orqali bilib olishingiz mumkin.

    Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi: Saralash va Suhbat

    Rezyume yuborish uchun: @Islommarkazi_bot

    Boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumotlar quyidagi havolada: https://cisc.uz/ky/vacancies/