“Oʻzbekgidroenergo” AJ joriy yilda ham jahonda yetakchi reyting agentliklaridan biri hisoblangan Fitch Ratings xalqaro reyting agentligining “BB-” barqaror darajadagi xalqaro kredit reytingini saqlab qoldi.
Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi “Oʻzbekgidroenergo” AJning nafaqat moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari mustahkam oʻsib borayotganiga, balki biznes strategiyasining samaradorligiga ham amin boʻlgan.
Hozirda “Oʻzbekgidroenergo” AJ toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya mablagʻlarini jalb qilish, yaʼni davlat kafolatisiz kredit shartnomalar tuzish boʻyicha Xitoyning “Bank of China” va “CITIS” banklari bilan hamda Xalqaro taraqqiyot agentligi “USAID”ning grant mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda.
Reklama