Shu munosabat bilan sohada erishilgan natijalar va islohotlar samarasiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Unda “O'zbekipaksanoat” uyushmasi Boshqaruv raisi Bahrom Sharipov, mutasaddi rahbarlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Ta'kidlanishicha, "O'zbekipaksanoat" uyushmasi Prezidentimizning 2017-yil 29-martdagi “O'zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaror bilan tashkil etilgan.
Hozirga kunda “O'zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibida 152 ta tuman va 13 ta hududiy “Agropilla” tashkilotlari faoliyati to'liq yo'lga qo'yilgan. Tuman agropilla tashkilotlariga 1 315 ta malakali agronomlar ishga qabul qilinib, uyushma tomonidan onlayn boshqaruv tizimi joriy etildi. Tizim korxonalaridagi 90 nafar mutaxassislar Xitoyda malaka oshirib qaytishdi.
Shuningdek, 2020-2021-yillarda jami 10,2 ming gektar yaroqsiz tutzorlar rekonstruktsiya qilindi. Tizimdagi 22 ta tutchilikka ixtisoslashgan xo'jalikda 2021-yilda 95,9 mln. tup tut ko'chati etishtirilgan. Bu 2020-yilga nisbatan 31,6 mln. tupga (49 foiz) oshgan.
Natijada tut ko'chati importiga to'liq chek qo'yilib, respublikada tut ko'chatiga bo'lgan talab to'liq qoplanib, 100 foiz mahalliylashtirildi.