Koreya Respublikasi Prezidenti janob Mun Chje Inning 2019-yil aprel oyida Oʻzbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlari boʻyicha tashkil etilgan guruhlarga Koreya Respublikasi savdo, sanoat va energetika vazirining yangi tayinlangan oʻrinbosari Na Sing Shik hamda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari L.Kudratov hamraislik qildi.
Pandemiya va jahon inqirozining har ikki mamlakat iqtisodiyotlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar kun tartibida muhim oʻrin egalladi. Sogʻliqni saqlash va farmatsevtika, taʼlim, AKT yoʻnalishi, sanoatni raqamlashtirish, suv taʼminoti, elektromobillar va qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish sohalarida yirik qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirishda kechikishlar xavfini kamaytirish uchun yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish mexanizmlari muhokama qilindi.
Tomonlar Koreya biznesining Oʻzbekistonda ishlashga qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beruvchi investitsiyaviy hamkorlik dinamikasini yuqori baholadilar. Umumiy qiymati qariyb 3,4 milliard dollarga teng boʻlgan oldindan kelishilgan yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha saʼy-harakatlarni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Oʻzaro savdo hajmining ham oʻsishi qayd etildi. Jumladan, joriy yilning birinchi yarmida Oʻzbekistondan Koreyaga eksport qilingan mahalliy mahsulotlar hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 17 foizga oshdi.
Tomonlar Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining Koreya bozoriga chiqishini kengaytirish boʻyicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasida Erkin savdo toʻgʻrisida bitimni tuzish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, Koreya tomoni JSTga aʼzo boʻlish jarayonida Oʻzbekistonga yordam berishda davom etishi maʼlum qilindi.
Muzokaralar yakunida qoʻshma loyihalar va dasturlar ijrosini jadallashtirish boʻyicha navbatdagi tadbirlarni muhokama qilish maqsadida har chorakda maslahatlashuvlar oʻtkazish amaliyotini davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Oʻzbekiston — Koreya Hukumatlararo ishchi guruhining 5-yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Oliy va yuqori darajadagi ikki tomonlama tadbirlar davomida Koreya Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini taʼminlash boʻyicha Hukumatlararo ishchi guruhining 5-yigʻilishi videokonferensiya shaklida oʻtkazildi.
Sindorov va Gukeş jahon çempionligi bahsining ikkinçi partiyasida ham durang öynadi
- Oʻmon, Iordaniya va Turkiya bilan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish choralari koʻrib chiqildi
- Chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish va ozuqa taʼminotini yaxshilash choralari koʻrib chiqildi
- Tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirishning ustuvor vazifalari belgilandi
- Özbekiston diplomatlari Novosibirskda oğir vaziyatga tuşib qolgan hamyurtimizning Vatanga qaytişiga kömaklaşdi
- “Köhitang karstlari, kanyonlari va ğorlari” nomzodnomasi YUNESKOning dastlabki baholaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötdi
Suyukli nabiram Shavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub
- 5 million tonna paxta haqidagi hisobotga ijtimoiy tarmoqlarda şubha bildirildi: vazirlik izoh berdi
- 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov: maşğulotlar qayerda ötkaziladi va kim dars beradi?
- Namanganda noqonuniy ovlangan baliqlar uçun 1 mlrd 25 mln söm zarar hisoblandi
- Ayrim taʼlim muassasalari xodimlariga mehnat staji uçun ustamalar belgilandi
- Ziroat Mirziyoyeva Iordaniyadagi 800 nafar ayolni iş bilan taʼminlayotgan loyiha bilan tanişdi