Oʻzbekiston energetika vaziri J.Mirzamahmudov, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Kudratov, Qozogʻiston energetika vaziri A. Satkaliyev, Ozarbayjon energetika vaziri P.Shahbozov, Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri M. Jabborov hamda boshqa vazirlik va idoralar, xalqaro moliya institutlari vakillari qatnashgan mazkur tadbirda “Oʻzbekiston - Qozogʻiston - Ozarbayjon energetika tizimlarini oʻzaro bogʻlash loyihasi («Yashil yoʻlak”)» taqdimoti oʻtkazildi.
Anjumanda Ozarbayjon, Qozogʻiston va Oʻzbekiston energetika tarmoqlarini oʻzaro bogʻlash orqali mintaqada ishlab chiqarilgan yashil energiyani Yevropaga eksport qilish loyihasini dastlabki texnik-iqtisodiy asoslantirishning texnik shartlarini tasdiqlash, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini oʻrganib chiqish uchun xalqaro konsultantlarni yollash masalalarini koʻrib chiqish, loyiha yuzasidan davlatlararo bitim loyihasini tayyorlash singari va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv soʻngida tegishli hujjatlar imzolandi.