Oʻzbekiston - Yaponiya uchrashuvi gʻolibi besh setda aniqlandi

    Voleybol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Toshkentda oʻtayotgan Osiyo chempionatining guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagani haqida maʼlum qilgan edik.

    Hamyurtlarimiz pley-offdagi ilk uchrashuvni yaponiyalik tengqurlariga qarshi oʻtkazishdi.

    Murosasiz kechgan bahs besh set davom etdi. Afsuski, yakuniy boʻlim 13:15 hisobida kunchiqar yurt vakillari foydasiga hal boʻldi. Endi yurtdoshlarimiz keyingi uchrashuvni bugun Eronga qarshi oʻtkazadi.