Hindistonning Chennay shahrida Xalqaro shaxmat federatsiyasining kongressi tashkil etilib, unda bir qator masalalar qatori 2026 yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasining mezbonini aniqlash masalasi ham ko'rib chiqildi.

O'zbekiston shaxmat federatsiyasi prezidenti Alisher Sa'dullaev FIDE kongressida 2026 yilda Toshkentda Butunjahon shaxmat olimpiadasini o'tkazish haqida ma'ruza qilgach, ovoz berish jarayonida ishtirok etgan delegatlar bir ovozdan O'zbekiston nomzodini ma'qulladi. Mamlakatimizdan tashqari, Pol`sha va Zambiya ham turnir mezbonligi uchun ariza kiritgan edi.

Shu tariqa, 4 yildan keyingi shaxmat olimpiadasi O'zbekistonda o'tadigan bo'ldi. 2024 yilgi shaxmat Olimpiadasiga esa Vengriya poytaxti Budapeshtda bo'lib o'tadi.