Oʻquv-seminarda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida barcha fuqarolarning oʻz iqtidori va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratish, har tomonlama sogʻlom va bilimli, zukko yosh avlodni tarbiyalash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi va xavfsizlikni taʼminlash masalalariga ustuvor ahamiyat berilganiga alohida eʼtibor qaratildi.
Seminar ishtirokchilari 5 ta ustuvor yoʻnalish doirasida berilgan 100 ta maqsad haqida atroflicha fikrlashdi, deyiladi institut axborot xizmati xabarida.