Tribuna.uz bilan suhbatda Vadim Abramov buning sababini tushuntirdi: “Avstraliya murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda 30 daqiqadan uchta taym oʻynaydigan boʻldik. Avstraliya va imkon qadar biz ham taymlarda har xil tarkibda oʻynashga harakat qilamiz. Shunda raqobatdagi futbolchilarning qanday holatda ekanini bilib olamiz. Shu oʻrinda vaziyatga professional yondashgan avstraliyalik hamkasblarga rahmat aytish kerak”, deydi Abramov.
Oʻzbekiston hamda Avstraliya milliy jamoasi oxirgi marta 2019-yilgi Osiyo Kubogi chorak finalida toʻqnash kelgandi. Asosiy vaqtida hisob ochilmagan oʻyin taqdiri penaltilar seriyasida hal boʻlgan va unda avstraliyaliklarning qoʻli baland kelgandi. Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy jamoasi Avstraliyaga qarshi 4-marta maydonga tushgan va har safar magʻlub boʻlgan. Oʻzbekiston Avstraliya darvozasiga birorta gol ham urmagan.
Dubayda oʻtadigan uchrashuvda ham bu statistika oʻzgarmasligi aniq, chunki u oʻrtoqlik oʻyini sifatida roʻyxatga olinmaydi va sinov oʻyini tariqasida oʻtadi. Bu oʻyin uchun reyting ochkolari berilmaydi, shu sabab jamoalar oʻziga xos ekspriment qilishga qaror qilgan.