“Dunyo“ AAning xabar berishicha, rasmiy marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Litva oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Litva Prezidenti rasmiy Vilnyus va Toshkent oʻrtasidagi siyosiy muloqot va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanib borayotganini yuqori baholadi. 2024-yil yakuniga koʻra Oʻzbekiston Litvaning yirik savdo-iqtisodiy sheriklaridan biriga aylanganini alohida taʼkidlandi.
Prezident Gitanas Nauseda, shuningdek, Litva tomoni Oʻzbekistonning YEI doirasidagi tashabbuslarini va Jahon savdo tashkilotiga kirish masalasini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Litva oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 5-avgustda oʻrnatilgan.