Fransiyada ilk bor xalqaro jamoatchilik diqqat-e'tiboriga yurtimizning 9 ta yirik muzeylaridan 300 dan ortiq ashyolar, jumladan, to'qimachilik, liboslar, poyabzal, bosh kiyimlar, zargarlik buyumlaridan iborat sara to'plamlar, shuningdek, Nukus, Samarqand va Buxoroning eng yirik muzeylaridan Turkiston va rus avangardiga taalluqli 24 ta mo'yqalam asarlari taqdim etiladi.
Ko'rgazma O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tashabbusi va Arab dunyosi instituti hamkorligida tashkil etiladi. Ko'rgazma Bosh kuratori Yaffa Assulin hisoblanadi.
Aminmizki, ushbu yirik loyiha O'zbekiston va Fransiya o'rtasidagi madaniyatlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi, tashrif buyuruvchilar uchun esa mintaqaga xos amaliy va tasviriy san'atning betakror yutuqlarini kashf ettiradi.