Unga qanotlarda marokashlik Zakariya Brinsi va jazoirlik Abbos Akram yordam beradi. Toʻrtinchi hakam sifatida mavritaniyalik Abdulaziz Buh ishlaydi.

Shuningdek, VARda misrlik Amr El Shinavi va marokashlik Hamza El Fariq faoliyat yuritadi.

Eslatib oʻtamiz, “A” guruhining 3-turidan oʻrin olgan mazkur bellashuv 27-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da start oladi.

Oʻrni kelganida taʼkidlash oʻrinliki, 2-tur yakunlari boʻyicha “A” guruhida Argentina termasi 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Mezbon jamoa dastlabki turda Oʻzbekiston, ikkinchi turda esa Yangi Zellandiyani magʻlub etdi. Ikkinchi oʻrinda borayotgan Yangi Zellandiya esa birinchi turda Gvatemalani yengdi, ikkinchi turda termamiz bilan durang oʻynadi, shu tariqa 4 ochkoga ega boʻlib turibdi.

Oʻzbekiston esa 1 ochko bilan 3-oʻrindan joy olgan. Shuning uchun ham mundialning keyingi bosqichiga chiqish uchun boʻlajak oʻyinda futbolchilarimiz imkon qadar yirik hisobda gʻalaba qozonishi talab etiladi.