Savdo-sanoat palatasi axborot xizmatining xabariga koʻra , biznes-forumda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov, Italiya-Oʻzbekiston savdo palatasi Prezidenti Luidji Iperti, Oʻzbekistonning Italiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Otabek Akbarov, shuningdek, ikki mamlakatning agrosanoat sohasidagi ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun: 2019-yil yakunlariga koʻra mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash 402,3 million AQSH dollarini tashkil etdi (2018-yilga nisbatan (303,2 million), oʻsish 32 foizga), bunda eksport 26,6 million dollarni, import 375,7 million dollar tashkil etgan.

Oʻzbekistonda Italiya sarmoyasi ishtirokidagi 50 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda, ulardan 14 tasi 100% Italiya kapitali asosida ishlaydi.