Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev ham ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Parlamentlararo do‘stlik guruhlari faoliyatini faollashtirish va O‘zbekiston hamda Kanada o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish masalalari, delegatsiyalar tashriflarini amalga oshirish va qonun chiqaruvchi organlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha to‘plangan ikki mamlakat tajribasini chuqur o‘rganish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli bo‘lgan ko‘plab masalalar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini rivojlantirishni davom ettirishga tayyor ekanliklarini taʼkidladilar.

Parlament do‘stlik guruhlari formatida hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi. Parlament delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini amalga oshirish, shuningdek kun tartibini yangi amaliy mazmun bilan boyitish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

 

O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati