Qoʻmita matbuot xizmatining xabar qilishicha.
Mazkur loyihaning asosiy maqsadi – Oʻzbekiston qonunchiligi va raqobat sohasidagi iqtisodiy siyosatni tahlil qilgan holda, hukumat va tegishli davlat tashkilotlariga amaldagi samarali siyosatni qaysi jabhalarda davom ettirish kerakligi toʻgʻrisida hamda mamlakat qonunchiligi va raqobat sohasidagi iqtisodiy siyosatni xalqaro ilgʻor tajribalarga muvofiq takomillashtirish boʻyicha asoslangan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) IHRTekspertlari tomonidan Jazoir, Xorvatiya, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Janubiy Afrika davlatlari bilan bir qatorda Oʻzbekistonning tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada yaxshilashga, korrupsiyaga qarshi kurashishni jaddalashtirishga va tadbirkorlik subyektlari uchun yuqori darajali raqobatbardosh maydon yaratishga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar hamda islohotlar amalga oshirilayotganligi taʼkidlab oʻtildi. IHRTning Markaziy Osiyo boʻlimi rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Osiyodagi eng yaxshi islohotchi davlat ekanligini bildirdi.
Rauf Nur