Qatarda o'tgan jahon chempionatidan keyin ham Braziliya milliy jamoasi FIFA reytingini boshqarishda davom etmoqda. YAngi jahon chempioni Argentina 2-o'ringa ko'tarildi, Frantsiya 3-o'rinni  egalladi.

SHu paytga qadar ro'yxatning ikkinchi o'rnida turgan Bel`giya 4-o'ringa tushdi. Kuchli o'nlikdan Angliya,  Niderlandiya, Xorvatiya, Italiya, Portugaliya va Ispaniya ham joy olgan. JCH-2022da to'rtinchi o'rinni egallagan Marokash eng ko'p – 11 o'rin yuqorilab, 11-o'ringa chiqdi.

Osiyo jamoalari orasida eng yuqori pog'onani YAponiya egalladi. Bu jamoa 20 o'rinda joy olgan.

Noyabr` oyida Qozog'istonni 2:0 hisobida mag'lub etib, Rossiya bilan 0:0 hisobida durang qayd etgan O'zbekiston milliy jamoasi reytingda 77-o'rinda qoldi.