Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy – Moʻgʻuliston koridori boʻylab birinchi pilot yuk tashuvi bajarilmoqda

    Xalqaro hamkorlik 4 Iyun 2025 1262

    Transport vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy – Moʻgʻuliston” koridori boʻylab birinchi pilot yuk tashuvini tashkil etdi.

    Qayd etilishicha, ushbu yoʻnalish davlatlar oʻrtasida eksport va import yuk tashuvlari hajmini oshirishga, savdo aloqalari geografiyasini kengaytirishga hamda tovarlarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirishga xizmat qiladi.

    Dunyo logistika bozoridagi vaziyatni inobatga olganda, mazkur koridorning rivojlanishi oʻzbek milliy tashuvchilari uchun oʻz biznesini kengaytirish, samaradorlikni oshirish hamda mintaqaviy va global darajadagi oʻrinlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.