Oʻzbekiston va Qozogʻiston yaqin qoʻshnilar, vaqt sinovidan oʻtgan hamkorlardir. Xalqlarimiz nafaqat yaqin qoʻshni, balki qardosh sifatida koʻp qirrali hamkorlikning barcha masalalari boʻyicha azaldan bir-birlarini tushunib, qoʻllab-quvvatlab kelgan. Oʻtgan yillar davomida davlatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik yuqori ishonch va oʻzaro hurmat asosida rivojlanib bormoqda.

Turli darajadagi aloqalarning faollashuvi mamlakatlarimizning koʻp qirrali munosabatlarni kengaytirishdan manfaatdor ekanini anglatadi.
Har ikkala mamlakat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayevning oʻzaro birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli Oʻzbekiston–Qozogʻiston munosabatlari keyingi yillarda yanada izchillik bilan rivojlanib bormoqda.

Suhbat chogʻida Maulen Ashimbayev ikki davlat rahbarlari Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikni taʼkidlab, uni qonun chiqaruvchi hokimiyat bilan yuqori darajadagi aloqalar orqali yanada rivojlantirish muhimligini taʼkidladi.

— Prezidentlarimiz sharofati bilan Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi strategik hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Shu bilan birga, parlamentlararo muloqot muhim ahamiyatga ega. Shu bois parlamentlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik barqaror va rivojlanib bormoqda. Ikki davlat rahbarlarining kelishuvi natijasida tashkil etilgan Parlamentlararo hamkorlik kengashi ham ikki tomonlama parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishga qoʻshimcha surʼat bagʻishlaydi, — dedi Maulen Ashimbayev.

Oʻz navbatida, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Oʻzbekiston tomoni Qozogʻiston Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlarni olqishlashini taʼkidladi.Shuningdek, Parlamentlararo hamkorlik kengashi Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga katta hissa qoʻshishiga ishonch bildirdi.

Suhbat chogʻida mamlakatlarimiz qonun chiqaruvchi organlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, norma ijodkorligi sohasida tajriba almashishga doir masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashda parlamentlarning rolini kuchaytirishga kelishib oldilar.