Ushbu forumga Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri oʻrinbosari Nadejda Prepodobnaya, Ulyanovsk viloyati Sanʼat va madaniyat siyosati vaziri Yevgeniya Sidorova, Ryazan viloyati Madaniyat vaziri Marina Kaurkina, Samara viloyati Madaniyat vaziri vazifasini bajaruvchi Irina Kalyagina va madaniyat hamda sanʼat yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarining rahbarlari tashrif buyurdi.

Forum doirasida koʻrgazma tashkil etilib, oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi masʼullari hamda tizimdagi taʼlim muassasalarining rahbarlari ham ishtirok etdilar. Forum yakunida mehmonlar tomonidan mahorat darslari oʻtkazildi.