Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov, vazir oʻrinbosari Bahodir Umurzakov, vazirlik ekspertlari hamda Shvetsiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ingrid Tersman ishtirok etdi.

Tadbirda vazirlik tomonidan aholi bandligiga koʻmaklashish, ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitish, vazirlik huzuridagi monomarkazlar faoliyati va mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohadagi mavjud muammolar muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida elchi I.Tersman Shvetsiyadagi mehnat munosabatlariga oid jarayonlarga toʻxtalib, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Stokgolmda elchixona ochilishi rejalashtirilayotganligi ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.