Suhbat avvalida Singapur delegatsiyasi vakillari ikki mamlakat rahbarlarining tashriflari natijasida Oʻzbekiston va Singapur oʻrtasidagi doʻstona aloqalar yangi bosqichga koʻtarilganini alohida eʼtirof etdi.
Uchrashuv davomida parlamentlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar, ilm-fan va taʼlim, savdo-iqtisodiy hamda davlat boshqaruvi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi amaliy hamkorlik aloqalari muhokama etildi.
Shuningdek, parlamentlararo faol hamkorlik mamlakatlarimiz oʻrtasidagi barcha darajadagi munosabatlarni rivojlantirishda muhim mexanizmlardan biri ekanligi qayd etildi.
Uchrashuv soʻnggida parlamentlar qoʻmitalari oʻrtasida amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga va “doʻstlik guruhlari” faoliyatini jadallashtirishga kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.