Suhbat davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika, madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, kelgusi haftada Turkiya Respublikasi vitse-Prezidenti Fuat Oktayning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifiga tayyorgarlik koʻrish masalalari muhokama qilindi. Tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning 6-yigʻilishi hamda Oʻzbek-Turk biznes-forumi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu tadbirlar doirasida ikki tomonlama hujjatlarning yirik toʻplamini imzolash rejalashtirilganligi va ularning amalda joriy etilishi Oʻzbekiston -Turkiya munosabatlarining yana-da rivojlanishiga yangi turtki berishi taʼkidlandi.
Qoʻshma investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini amalga oshirish boʻyicha yangi takliflar ishlab chiqishni nazarda tutgan holda kutilayotgan tadbirlar kun tartibini amaliy mazmun bilan toʻldirish boʻyicha yaqin hamkorlik qilishga kelishildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.