Bugun 2021-yilning 25-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʻbek Abdullayev, rais oʻrinbosari Aziz Murtazayev Turkiya Savdogarlar va hunarmandlar konfederatsiyasi prezidenti Bendevi Palandoʻken bilan Zoom dasturi orqali onlayn uchrashuv oʻtkazilmoqda

Turkiya Savdogarlar va hunarmandlar konfederatsiyasi (TESK)- bu Konstitutsiyaning 135-moddasiga muvofiq qonun bilan davlat muassasasi sifatida tashkil etilgan professional tashkilot.

Maʼlumot uchun aytish lozimki, TESK tashkiloti hunarmandlarni va hunarmandlar ustaxonalarini, uyushmalarini tayinlash va federatsiyalar oʻrtasida birdamlikni taʼminlash,umumiy kasb-hunarlarni rivojlantirish va rassomlarning ishlarini qoʻllab-quvvatlash, milliy va xalqaro miqyosdagi hunarmandlar va hunarmandlarning oʻz muammolarini hal qilish uchun milliy va xalqaro muassasalar bilan hamkorlikda zarur choralarni koʻradi .

Uchrashuvda “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʻbek Abdullayev Oʻzbekiston Respublikasida hunarmandchilikni davlat tomonidan koʻllab quvvatlanishi va “Hunarmand” uyushmasi faoliyati toʻgʻrisida Kirish soʻzi bilan ishtirok etdi.

Turkiya Savdogarlar va hunarmandlar konfederatsiyasi prezidenti Bendevi Palandoʻken Oʻzbekiston va Turkiyada sohada amalga oshirilgan ishlar haqida soʻz yuritdi.

Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi oʻrinbosari Aziz Murtazayev 2019-yil Qoʻqon shahrida boʻlib oʻtgan va 2022-yil boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan “Halqaro hunarmandchilik festivali” toʻgʻrisida gapirdi.

Uchrashuvda “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʻbek Abdullayev ikki takshilot oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va Turkiyada “Oʻzbekiston hunarmandlari xaftaligi” ni tashkil etish boʻyicha taklif bildirdi, deya xabar beradi “Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati.