Futbol bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati finalida O'zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga mag'lub bo'lib, qit'ada ikkinchi o'rinni egalladi.
Yoshlarimiz musobaqa davomida biror marta mag'lubiyatga uchramadi va finalgacha o'z darvozalaridan birorta gol ham o'tkazmadi. Ular Osiyo kubogi doirasida eng ko'p gol urgan jamoaga aylandi – jami 14 ta gol.
O'yin mutlaqo teng kurashlar ostida o'tdi. Har ikki jamoa ham finalga munosib ekanini ko'rsata olishdi. Uchrashuvning 90+1-daqiqasida omad yaponlarga kulib boqdi va Yamada hisobni ochdi. 100-daqiqada yaponlarga belgilangan penaltini Rahmonaliev golga aylantira olmadi.
Shu tariqa o'yin taqdirini yagona gol hal qildi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda Iroq termasi Indoneziyani yutib, Parij olimpiadasi yo'llanmasiga ega chiqdi.
Osiyo kubogi, final
Yaponiya - O'zbekiston 1:0
Gol: Yamada 90+1