Agentlikning “UzAssets” investitsiya kompaniyasi vakillari tomonidan kompaniyaning korporativ taqdimoti, aksiya paketlari va ulushlarni sotish orqali strategik va portfel investorlarini jalb qilish boʻyicha maqsad va vazifalar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.

Korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, investorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha oʻzaro tajriba almashish muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Oʻzbekiston iqtisodiyotining istiqbolli tarmoqlaridagi 600 dan ortiq davlat korxonalaridagi ulushlar sotilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Oʻz navbatida, “UzAssets” AJ jamoasiga OʻUIK tomonidan kompaniya ish faoliyati, investitsiya va korporativ faoliyatning asosiy yoʻnalishlari tanishtirildi.

Tomonlar xususiy sarmoyalarni jalb qilish, birgalikda “Road–show” dasturlari va investitsiya forumlarini tashkil etish istiqbollari va imkoniyatlarini muhokama qildilar. Aktivlarni boshqarish, konsalting xizmatlari va aktivlarni sotishdan oldin tayyorlash masalalarida fikr almashildi.

Tomonlar milliy iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish boʻyicha yaqin hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati.