Vazirlik maʼlumotiga koʻra, ushbu tanlov Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasining shu yil 29-noyabr – 2-dekabr kunlari Budapeshtga amalga oshirilgan tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarga binoan oʻtkazilmoqda.
Startap loyihalarni qabul qilishda uning innovatsionligi – respublikada avval qoʻllanilmagan yangi texnologiyalardan foydalanish darajasi, respublikada avval ishlab chiqarilmagan yangi mahsulot ishlab chiqarish, yangi xizmatni yaratishga qaratilganligi hisobga olinadi.
Tanlovga hujjatlar 2022-yilning 5-yanvar kunidan boshlab qabul qilinadi, deyiladi manbada.