“Oʻzbekiston – Xitoy: SHHT doirasida hamkorlik” mavzusida fotokoʻrgazma va tanlov tashkil etildi

    15-avgust kuni Fotosuratlar uyida koʻrgazmaning rasmiy ochilish hamda tanlovning taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

    Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining Fargʻona viloyat boʻlimi, “Fargʻona haqiqati” “Ferganskaya pravda” gazetalari tahririyati Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi hamkorligida “Oʻzbekiston – Xitoy: SHHT doirasida hamkorlik” mavzusida fotokoʻrgazma va tanlov tashkil etildi.

    15-avgust kuni Fotosuratlar uyida koʻrgazmaning rasmiy ochilish hamda tanlovning taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

    Mazkur koʻrgazma va tanlovga mamlakatdagi 27 ta fotoijodkor 500 dan ziyod fotosurat taqdim etdi. Hayʼat ulardan 94 tasini tanlab oldi va koʻrgazmaga qoʻyildi.

    Shuningdek, ular orasidan gʻolib va sovrindorlar aniqlanib, diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

    Koʻrgazma 22-avgustga qadar davom etadi.