Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida 36 ta xorijiy davlatdan qiymati 23,9 million AQSH dollariga teng boʻlgan 9,2 ming tonna shampun import qilgan.

Shampun importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming tonnaga oshgan.

2021-yilning 10 oyida Oʻzbekiston eng koʻp shampun import qilgan davlatlar:

Rossiya – 6,2 ming tonna;

Ruminiya – 846 tonna;

Turkiya – 488 tonna;

Koreya – 266 tonna;

Germaniya – 165 tonna;

Xitoy – 126 tonna;

Fransiya – 121 tonna;

Hindiston – 103 tonna.