2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston 10 ta xorijiy davlatga qiymati 4,3 million dollarga teng 10,6 ming tonna xurmo eksport qilgan.

Xurmo eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,8 ming tonnaga kamaygan.

9 mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp xurmo eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 5,7 ming tonna;

Rossiya – 4,2 ming tonna;

Ukraina – 219 tonna;

Qirgʻiziston – 217 tonna;

Belarus – 120 tonna;

Turkmaniston – 88 tonna, deb xabar beradi Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati.