Bu haqda agentlikning rasmiy telegram kanalida ma'lum qilinishicha, paypoq eksporti qiymati o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 million AQSH dollariga oshgan.

Shunday qilib, 2023-yilning 2 oyida O'zbekiston eng ko'p paypoq eksport qilgan davlatlar bilan tanishing.

Ro'yxat boshida Rossiya turibdi. Bu mamlakatga 6 million dollarlik paypoq eksport qilingan. Navbatda esa Qirg'iziston (3,1 million dollar) va Qozog'iston (320 ming dollar) etakchilik qilmoqda.

O'zbekistonda ishlab chiqarilgan paypoqlar Evropa bozorlariga ham kirib bora boshladi. Buni 2023-yilning dastlabki ikki oyida mamlakatimizdan Germaniyaga eksport qilingan 268 ming dollarlik paypoqlar misolida aytyapmiz. Bu bilan Germaniya O'zbekiston eng ko'p paypoq eksport qilgan to'rtinchi mamlakat bo'lib turibdi.

Beshinchi o'rinni esa Moldova (262 ming dollar) band qilgan.