Oʻzbekiston 18 davlatga mebel mahsulotlarini eksport qilgan

    2021-yilning 10 oyida Oʻzbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 3,4 million dollarga teng boʻlgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan.

    2021-yilning 10 oyida Oʻzbekiston 18 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,4 million dollarga teng boʻlgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan.

    Bu koʻrsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 837 ming dollarga koʻp.

    Oʻzbekiston 2021-yilning 10 oyida eng koʻp mebel mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:

    Qozogʻiston – 1,7 million;

    Qirgʻiziston Respublikasi – 784 ming;

    Tojikiston – 443 ming;

    Rossiya – 347 ming;

    Hindiston – 55 ming;

    Turkiya – 14 ming;

    Xitoy – 13 ming;

    Ukraina – 11 ming;

    Fransiya – 2,5 ming;

    Afgʻoniston – 1,6 ming;

    Moldova – 1,5 ming;

    AQSH – 0,4 ming;

    Germaniya – 0,3 ming dollar, deb xabar beradu Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati.