2021-yilning 10 oyida Oʻzbekiston 18 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,4 million dollarga teng boʻlgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan.

Bu koʻrsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 837 ming dollarga koʻp.

Oʻzbekiston 2021-yilning 10 oyida eng koʻp mebel mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 1,7 million;

Qirgʻiziston Respublikasi – 784 ming;

Tojikiston – 443 ming;

Rossiya – 347 ming;

Hindiston – 55 ming;

Turkiya – 14 ming;

Xitoy – 13 ming;

Ukraina – 11 ming;

Fransiya – 2,5 ming;

Afgʻoniston – 1,6 ming;

Moldova – 1,5 ming;

AQSH – 0,4 ming;

Germaniya – 0,3 ming dollar, deb xabar beradu Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati.