O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-fevral oylarida 13 ta xorijiy davlatga qiymati 45,7 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 44,1 ming tonna polietilen eksport qilgan, deya maʼlumot berdi Davlat statistika qo‘mitasi.

2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston  eng ko‘p polietilen eksport qilgan davlatlar:

- Turkiya – 15,4 ming tonna;  

- Xitoy – 9,2 ming tonna;

- Latviya – 7,1 ming tonna; 

- Rossiya – 5,4 ming tonna;

- Qozog‘iston – 2,1 ming tonna;

- Ukraina – 1,9 ming tonna;

- Buyuk Britaniya – 1,9 ming tonna.