Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida 24 ta xorijiy davlatga qiymati 246,3 million AQSH dollariga teng boʻlgan 240,2 ming tonna polietilen eksport qilgan.

Polietilen eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 58,4 ming tonnaga kamaygan.

2021-yilning 10 oyida Oʻzbekiston eng koʻp polietilen eksport qilgan davlatlar:

Turkiya – 66,6 ming tonna; 

Rossiya – 48,7 ming tonna;

Xitoy – 43 ming tonna;

Latviya – 28 ming tonna;

Qozogʻiston – 23 ming tonna;

Ukraina – 16 ming tonna.