Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 42 ta xorijiy davlatlardan qiymati 350,1 million AQSH dollariga teng boʻlgan yogʻoch va yogʻoch mahsulotlarini import qilgan.

Yogʻoch va yogʻoch mahsulotlarini importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 64,5 million AQSH dollariga oshgan.

Oʻtgan 7 oy mobaynida import qilingan yogʻoch va yogʻoch mahsulotlarining eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:

Rossiya – 310,0 million;

Xitoy – 11,2 million;

Eron – 9,4 million;

Belorus – 5,3 million;

Qozogʻiston – 4,7 million;

Turkiya – 3,3 million;

Qirgʻiz R. – 1,6 million;

Ukraina – 1,6 million;

Germaniya – 803,2 ming AQSH dollari.