Mazkur yilda 2019-yilning aynan shu davriga nisbatan yurtimizdan 2500 tonna koʻp limon ekport qilingan boʻlib 72 foizga oʻsishga erishildi.

Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, limonning 45 foizi Rossiyaga va 24 foizi Qozogʻistonga eksport qilingan.

Shuningdek, joriy yilda limonning eksporti Afgʻonistonga 3,6 barobarga va Ukrainaga 3,3 barobarga ortgan.

Mazkur yildan ilk bora yurtimizdan Polsha va Tojikistonga limon eksporti yoʻlga qoʻyildi.