Oʻzbekiston 8 oyda 15 ta davlatga polietilen eksport qilgan

    Polietilen eksporti hajmi 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,7 ming tonnaga oshgan.

    Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

    Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 141,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 174,1 ming tonna polietilen eksport qilgan.

    Oʻzbekiston 2024-yilning 8 oyida 15 ta davlatga polietilen sotgan.

    2024-yilning 8 oyida Oʻzbekiston eng koʻp polietilen eksport qilgan davlatlar:

    — Turkiya – 80,2 ming tonna

    — Latviya – 27,4 ming tonna

    — Rossiya – 23,5 ming tonna

    — Xitoy – 20,1 ming tonna

    — Qozogʻiston – 16,2 ming tonna

    — Gruziya – 2,9 ming tonna