Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 141,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 174,1 ming tonna polietilen eksport qilgan.

Oʻzbekiston 2024-yilning 8 oyida 15 ta davlatga polietilen sotgan.

2024-yilning 8 oyida Oʻzbekiston eng koʻp polietilen eksport qilgan davlatlar:

— Turkiya – 80,2 ming tonna

— Latviya – 27,4 ming tonna

— Rossiya – 23,5 ming tonna

— Xitoy – 20,1 ming tonna

— Qozogʻiston – 16,2 ming tonna

— Gruziya – 2,9 ming tonna