Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning 6 oyida xorijga qiymati 7,1 million AQSH dollariga teng boʻlgan 8,9 ming tonna shaftoli eksport qilgan.
Shaftoli eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 6,5 ming tonnaga kamaygan.
2021-yilning 6 oyi davomida Oʻzbekiston shaftoli eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 4,1 ming tonna;
Rossiya – 4,1 ming tonna;
Qirgʻiz R. – 748,3 tonna;
Belarus – 6,7 tonna;
Ukraina – 5,9 tonna;
BAA – 2,1 tonna.