Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning 7 oyida 8 ta davlatga qiymati 8,2 million AQSH dollariga teng boʻlgan 9,6 ming tonna oʻrik eksport qilgan.

Oʻrik eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 53,7 ming tonnaga kamaygan.

2021-yilning 7 oyi davomida Oʻzbekiston oʻrik eksport qilgan asosiy davlatlar:

Qozogʻiston – 4,2 ming tonna;

Rossiya – 3,6 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 1,5 ming tonna;

Ukraina – 243,3 tonna;

BAA – 1,7 tonna;

Mongoliya – 0,5 tonna.