Bu haqda Afgʻoniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari matbuot xizmati xabar qildi.

Marosimda Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov hamda Afgʻoniston iqtisodiy ishlar boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosari Mulla Abdul Gʻaniy Barodar Axund ishtirok etdi.

Loyihalar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • 500 kVlik Surxon – Dasht-i Alavon elektr uzatish tarmogʻi (quvvati 1000 megavatt),
  • 800 MVA quvvatga ega Argʻandi podstansiyasini kengaytirish,
  • 220 kVlik Qobul – Shayx Mesri elektr uzatish tarmogʻi (quvvati 800 megavatt),
  • Nangarhorda 126 MVA quvvatga ega Shayx Mesri podstansiyasini barpo etish.

«Oʻzbekiston ushbu loyihalarga taxminan 243 million dollar sarmoya yoʻnaltiradi. Loyihalar toʻliq yakunlangach, Afgʻoniston Oʻzbekistondan 800–1000 megavatt elektr energiyasi oladi. Barcha ishlar 18 oy ichida amalga oshirilishi rejalashtirilgan«, — deyiladi xabarda.