Kobulda Oʻzbekiston-Afgʻoniston biznes-forumi va «V2V« shaklidagi uchrashuvlar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda «Dunyo« AA.

Forumning ochilish marosimida Afgʻoniston mutasaddilari soʻzga chiqib, «Termiz xalqaro savdo markazi«, Kobul va Mozori-Sharif shaharlarida «Oʻzbekiston savdo uy«lari ochilganini eʼtirof etdi.

Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning faol rivojlanib borayotganini alohida taʼkidlandi, afgʻon tadbirkorlariga yaratilayotgan imtiyozlar uchun Oʻzbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirildi.

Rasmiy tadbirdan soʻng 96 nafar oʻzbekistonlik va 110 nafar afgʻon tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum va «B2V« uchrashuvlar tashkil etildi.

Muloqot chogʻida oziq-ovqat, elektrotexnika mahsulotlari va qurilish materiallari sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida ikki davlat ishbilarmonlari va kompaniyalari oʻrtasida umumiy qiymati 45 million AQSH dollariga teng boʻlgan 16 ta bitim imzolandi.