Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston qiymati 14,3 million AQSH dollariga teng boʻlgan 13 ming tonna yeryongʻoq eksport qilgan.

Yeryongʻoq eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 10 ming tonnaga oshgan.

Oʻzbekiston 2021-yilning 8 oyida eng koʻp yeryongʻoq eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 2,9 ming tonna

Xitoy – 2,2 ming tonna

Ozarbayjon – 2,1 ming tonna

Rossiya – 2 ming tonna

Qirgʻiz R. – 1,4 ming tonna

Ukraina – 696 tonna

Turkmaniston – 434 tonna

Afgʻoniston – 403 tonna

Niderlandiya – 252 tonna

Belarus R. – 205 tonna

Oʻzbekiston 8 oyda qiymati 548,6 million AQSH dollariga teng boʻlgan 948,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.