Bu haqda Oʻzbekiston TIV maʼlum qildi.
«Minglab odamlarning hayotiga zomin boʻlgan va keng koʻlamli vayronagarchiliklarga sabab boʻlgan dahshatli zilzila munosabati bilan Afgʻoniston xalqi va hukumatiga chuqur hamdardligimizni bildiramiz.
Halok boʻlganlarning yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etib, jabrlanganlarning tez orada sogʻayishlarini tilaymiz.
Biz ogʻir kunlarda birodar Afgʻoniston xalqi bilan birdam boʻlib, ushbu fojiali tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda har tomonlama yordam berishga tayyorligimizni bildiramiz«, — deydi tashqi ishlar vaziri.