O'zbekiston aholisi soni 136,7 ming kishiga oshdi

    Doimiy aholining o'sish sur'ati 101,9 % ga teng.

    Bu yil boshidan buyon qayd etilgan o'sish ko'rsatkichi bo'lib, Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021-yilning 1-aprel holatiga ko'ra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,7 million kishini tashkil etmoqda.

    Mamlakatimiz aholisi yil boshidan har oyda o'rtacha 45,9 ming kishiga, 2021-yilning har bir kunida esa doimiy aholi soni o'rtacha 1,5 ming kishiga oshgan.

    Demak, doimiy aholining o'sish sur'ati 101,9 % ga teng.