Hozirda mavjud standart xodimlarni sertifikatlashtirish sohasida ish olib borayotgan ekspertlar, xodimlarni sertifikatlashtirishni amalga oshiruvchi organlar, sinov va o‘lchashlar bo‘yicha mutaxassislar, akkreditasiya organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Maqsad xodimlarni sertifikatlashtirishni amalga oshiruvchi organlar faoliyatida umumqabul qilingan “benchmark” etaloniga erishish va uni joriy qilishdir. 

Ushbu broshyurada ISO/IEC 17024 talablariga muvofiq akkreditlangan sertifikasiyaning muhimligi tushuntirib o‘tilgan. Shuningdek, barcha manfaatdor tomonlarning o‘rni hamda vazifalari qayd etilib, asosiy maqsadlarga erishishda akkreditlangan sertifikasiyaning ijobiy tomonlari qayd etilgan.

“O‘zbekiston akkreditasiya markazi” DUK xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan turli tadbirlarning faol ishtirokchisi hisoblanadi va o‘z o‘rniga ega. Markaz ushbu ovoz berish jarayonida ham qatnashib, xalqaro miqyosda ishlab chiqilayotgan va amalga kiritilayotgan tartib – taomillarni qo‘llab-quvvatladi.