AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotga ko'ra, O'zbekiston alkogol iste'moli bo'yicha 189 ta mamlakat ichida 124-o'rinda qayd etilgan (aholi jon boshiga yiliga o'rtacha 2,45 litr alkogol to'g'ri keladi).
Birinchi o'rinni esa Kuk orollari egallagan. Bu erda aholi jon boshiga yiliga o'rtacha 12,97 litr alkogol ichiladi. AQSh aholisi yiliga o'rtacha 8,93 litr alkogol iste'mol qiladi va 35-o'rinni egallaydi, Rossiyada aholi jon boshiga yillik o'rtacha iste'mol 7,29 litrga teng (56-o'rin).
Qozog'istonda bu ko'rsatkich 3,73 litrni tashkil qiladi (100-o'rin), Belarusda – 10,57 litr (18-o'rin), Qirg'izistonda – 4,02 litr (96-o'rin), Ozarboyjonda – 1,38 litr (142-o'rin), Tojikistonda – 0,85 litr (156-o'rin), Turkmanistonda - 2,88 litr (117-o'rin).
Reytingni tuzishda dunyoning 189 ta davlatida 2019 yildagi alkogolli ichimliklar iste'moli bo'yicha ma'lumotlar tahlil qilingan. MRB spirtli ichimliklar savdosi cheklangan islom mamlakatlari — Somali, Saudiya Arabistoni, Mavritaniya, Quvayt va Bangladeshni alkogoldan xoli deb hisoblagan.