Jamoamiz guruh bosqichida Indoneziyani 8:1, Nepalni 13:0 va Bangladeshni 3:0 hisobida yengib, yarim finalga yoʻl oldi. Yarim finalda esa Iroqni 3:0 hisobida magʻlub etib, finalga chiqdi.

Finalda esa Oʻzbekiston terma jamoasi Indoneziya ustidan 6:0 hisobida gʻalaba qozonib, Osiyo chempioni boʻldi!

Jamoa sardori Abdujamil Shukurov het-trikka erishgan, Aziz Abdurahmonov dubl qayd etdi. Yana bir gol Qudrat Xudoyqulov hisobiga yozildi.

Shu tariqa Oʻzbekiston qitʼa chempionatidagi barcha oʻyinda yirik hisobda gʻalaba qozonib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

3-oʻrin uchun kechgan bellashuvda Iroq mezbonlar ustidan 4:0 hisobida ustun kelib, bronza medaliga sazovor boʻldi.